Olimlar Yer ostidan xavfli signallarni aniqladilar
21-asrda halokatli vulqon otilishi mumkin.

Olimlar Yer ostidan yaqinlashib kelayotgan falokat signallarini topdilar. CNNda chop etilgan ilmiy maqolaga ko‘ra, geologik tahlillar kelajakda halokatli supervulqon otilishi sodir bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Tadqiqotchilar 21-asrda bunday yirik vulqon portlashi ehtimoli taxminan 1/6 ni tashkil qilishini aytishmoqda. Ularning fikricha, bu holat 1815-yilda Indoneziyadagi Tambora vulqonining portlashiga o‘xshash bo‘lishi mumkin. O‘sha vaqtda atmosferaga chiqarilgan kul va gaz global iqlim o‘zgarishiga, ocharchilikka va ommaviy o‘limlarga sabab bo‘lgan edi.
Yangi tadqiqotlarga ko‘ra, shunday portlash iqlim sovushiga, qishloq xo‘jaligida inqirozga va oziq-ovqat tanqisligiga olib kelishi mumkin. Bu esa millionlab insonlar hayotiga tahdid soladi.
Olimlar bu xavfga qarshi turish uchun global geologik kuzatuvlarni kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarur, deya ta’kidlamoqda.







