Rossiya Ukrainani egallash uchun 230 yilga muhtoj
Rossiya Ukrainaning 176 km kvadrat hududi uchun 36 ming harbiy yo‘qotgan.

Forbes jurnalining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya hozirgi harbiy harakatlar sur’atini saqlab qolsa, Ukrainani to‘liq egallashi uchun unga 230 yil kerak bo‘ladi. Ushbu xulosa 2025-yil aprel holatiga asoslangan holda chiqarilgan.
Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bu vaqtgacha Ukrainaning atigi 176 kvadrat kilometr hududini egallagan. Bu yerlar uchun esa 4800 dan ortiq harbiy texnika va 36 000 dan ziyod harbiylar yo‘qotilgan (o‘ldirilgan yoki yaralangan).
Ukrainaning umumiy maydoni 603 000 kvadrat kilometrdan ortiq. Shunga qaramay, Rossiya 2022-yilgi keng ko‘lamli bosqindan buyon atigi 19 foizini egallagan. Asosiy qismini urush boshidagi dastlabki haftalarda bosib olgan, so‘nggi bir yil ichida esa bu hudud faqat 0,5 foizga kengaygan.







