Saudiya AQShga Qizil dengizda harbiy baza qurishni taklif qildi
Eron tahdidlari fonida Qizil dengizda harbiy faollik ortmoqda.

Saudiya Arabistoni Amerika Qo‘shma Shtatlariga Qizil dengizdagi strategik hudud — Tiran va Sanafir orollarida harbiy baza tashkil etishni taklif qildi.
Mazkur orollar ilgari Misrga tegishli bo‘lgan, biroq 2016-yilda ikki davlat o‘rtasidagi chegara kelishuviga binoan Saudiya Arabistoniga o‘tgan edi. Tiran va Sanafir orollari Iordaniyaning Aqaba va Isroilning Eylat portlariga kiraverishda joylashgan bo‘lib, Qizil dengizdagi eng muhim dengiz yo‘llaridan biri hisoblanadi.
2022-yilda AQSh ushbu orollardan o‘z harbiy kuchlarini olib chiqishga kelishgan edi, ammo hozirda Saudiya tomoni bu hududda AQSh bilan hamkorlikda yangi baza tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadlari:
- Suvaysh kanalining xavfsizligini ta'minlash
- Eron yoki boshqa manbalardan qurol-yarog‘ va harbiy texnika olib o‘tilishining oldini olish, ayniqsa bu yuklar G‘azo yoki Livanga mo‘ljallangan bo‘lsa.







