Ukraina dengiz droni Rossiya qiruvchisini urib tushirdi
Bu jangovar samolyotni dengiz droni bilan yo'q qilish bo'yicha dunyodagi ilk holat hisoblanadi.

Ukraina Qurolli Kuchlari 2-may kuni Rossiyaning bir nechta hududlariga amalga oshirilgan keng ko‘lamli dron hujumi vaqtida Qora dengizda Su-30 rusumli qiruvchi samolyotni urib tushirganini ma’lum qildi.
Ushbu voqea Novorossiysk shahri yaqinida, dengiz akvatoriyasida sodir bo‘lgan. Ukraina tomonining ta’kidlashicha, jangovar samolyot maxsus dengiz droni tomonidan yo‘q qilingan.
Bu holat – jangovar samolyotni aynan dengiz droni yordamida yo‘q qilish bo‘yicha dunyodagi ilk muvaffaqiyatli urinish sifatida qayd etilmoqda.







