Zelenskiy Putinning uch kunlik sulh taklifini rad etdi
Zelenskiy: “Uch kunlik sulh bilan kelishuvga erishib bo‘lmaydi”.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif etilgan uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini rad etdi.
Zelenskiy jurnalistlar bilan suhbatda, qisqa muddatli sulhlar faqat vaqtni cho‘zish uchun xizmat qilishini va ularning foydasi yo‘qligini ta’kidladi. Uning fikricha, haqiqiy natijaga erishish uchun kamida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish zarur.
"Uch kunlik tinchlik bilan hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Bunday takliflar bilan o‘ynash niyatim yo‘q", — dedi Zelenskiy.
Shuningdek, Ukraina yetakchisi 9-may kuni Moskvada o‘tkaziladigan parad chog‘ida xalqaro yetakchilar xavfsizligini ta’minlash kafolatlari bo‘lmasligini bildirdi.








