Ukraina mojarosi tez orada tugashi mumkin
Tramp Ukraina urushini to‘xtatish uchun katta imkoniyatlar borligini ta'kidladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar tez orada natija berishiga umid qilmoqda. Unga ko‘ra, bu borada "juda yaxshi imkoniyatlar" mavjud.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda AQSh "jang qilayotgan tomonlardan biriga nisbatan yaqinroq, boshqasiga esa unchalik emas", biroq u qaysi tomonni nazarda tutganini aniq aytmagan.
Shuningdek, u AQSh urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan chiqib ketishini ham inkor etmadi. "Ba'zida men ularga 'ahmoqona harakatlaringni davom ettiraver' deyman. Muzokaradan chiqishga yaqinlashgan paytlarim ham bo‘ladi, biroq keyin ijobiy o‘zgarishlar yuz beradi", dedi Tramp.
Uning fikricha, muzokaralarning eng katta to‘siqlaridan biri bu — Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi "kuchli nafrat".
Tramp, shuningdek, yana bir bor AQSh va Ukraina o‘rtasida tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha imzolanadigan kelishuv yordamida Vashington tomonidan Kiyevga ko‘rsatilgan moliyaviy yordamnigina emas, balki umumiy xarajatlarni qoplash imkoniyati yuzaga kelishini ta’kidladi.







