BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi chaqirildi
Yig‘ilishda Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat muhokama qilinadi.

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi tobora kuchayib borayotgan ziddiyat munosabati bilan 5 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Pokistonning BMTdagi doimiy vakilligi ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, yig‘ilishda ikki mamlakat o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat, xavfsizlikka tahdidlar hamda tinchlikni saqlash choralari muhokama qilinadi. Pokiston tomoni xalqaro hamjamiyatni vaziyatga e’tibor qaratishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda Pokiston va Hindiston chegarasida vaziyat keskinlashib, ikki tomon o‘rtasida keskin bayonotlar va harbiy faollik oshgani kuzatilmoqda.







