Dog‘istonda qurolli hujum sodir bo'ldi
Unda 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan.

Dog‘istonning Maxachqal’a shahrida sodir bo‘lgan qurolli hujum butun jamiyatni larzaga soldi. Yo‘l-patrul xizmati ekipajiga uyushtirilgan hujum oqibatida uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Baza manbasiga ko‘ra, otishma vaqtida 12 yoshli qiz ham yaralangan.
Hujum Tagirow ko‘chasida bo‘lib o‘tdi. Ikki qurollangan shaxs politsiya mashinasiga qarata o‘q uzgan va xizmat mashinasini olib qochgan. Hujumchilardan biri javob o‘qi ostida halok bo‘lgan, ikkinchisi esa qochib ketgan. Hozirda, hududda “To‘xtatish” rejimi e’lon qilindi va qidiruv ishlari davom etmoqda.







