Hindiston havo kuchlari jangovar shay holatga keltirildi
Xalqaro hamjamiyat o‘rtadagi keskinlikni kuzatib bormoqda.

The Times of India’ning xabar berishicha, Hindiston havo kuchlari Pokiston bilan chegarada xavfsizlik vaziyati keskinlashgani sababli yuqori jangovar tayyorgarlikka keltirildi. Harbiylar chegarada kuzatuv va patrullash ishlarini kuchaytirgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyat oxgi haftalarda kuchaygan, ayniqsa Pokistonning Ukraina va boshqa mamlakatlarga qurol yetkazgani haqidagi xabarlar ortidan vaziyat taranglashdi. Hindiston rasmiylari har qanday xavfli vaziyatga tayyor turish lozimligini ta’kidlamoqda.
Xalqaro hamjamiyat Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi keskinlikni kuzatib bormoqda. Ekspertlar ziddiyat diplomatik yo‘l bilan hal etilmasa, mintaqada xavf yanada oshishi mumkinligini ogohlantirmoqda.







