Jahon

Moskvada mobil aloqa va internet cheklovlari joriy etildi

Bayram xavfsizligi uchun vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Moskvada mobil aloqa va internet cheklovlari joriy etildi

 

5-may tongidan boshlab Moskva shahri va unga tutash hududlarda mobil aloqa va internet xizmatlarida uzilishlar kuzatildi. MTS, Beeline, MegaFon va T2 operatorlari foydalanuvchilari aloqa bilan bog‘liq muammolardan shikoyat qilmoqda.

 

Beeline kompaniyasi bu uzilishlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz berayotganini bildirgan holda, mijozlarga Wi-Fi tarmog‘idan foydalanishni tavsiya qildi.

 

Shahar aholisi favqulodda holatlar bo‘yicha yagona ogohlantirish tizimidan maxsus xabar olganliklarini ma’lum qilishdi. Unda 9-maydagi G‘alaba bayrami tadbirlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida internetga kirishda vaqtinchalik cheklovlar bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

 

Hozirda Moskvada G‘alaba paradiga tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Uzilishlar 9-maygacha davom etishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Moskvada mobil aloqa va internet cheklovlari joriy etildi | Zamon.uz