Tramp ehtimoliy vorislarini e’lon qildi
Vens va Rubio — kelajak liderlari safida.

AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin atrofdagi siyosiy ittifoqchilari — vitse-prezident Jeyms Devid Vens va Davlat kotibi Marko Rubioni o‘zining ehtimoliy vorislari sifatida tilga oldi. Bu haqda u NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hali aniq aytish erta, lekin vitse-prezidentim juda ajoyib ish qilmoqda. Marko ham zo‘r,” — dedi Tramp jurnalist savoliga javoban.
Shuningdek, u Respublikachilar partiyasining eng yuqori lavozimlarga loyiq bo‘lgan “yaxshi odamlar bilan to‘la” ekanini alohida ta’kidladi.
Trampning bu bayonoti kelajakdagi siyosiy ssenariylar va 2028-yilgi prezidentlik saylovlari yuzasidan turli taxminlarga sabab bo‘lmoqda.







