Tramp qamoqxona ochmoqchi
Qo‘rqinchli tarixiy Alkatraz qamoqxonasi faoliyatini tiklaydi.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining “Truth Social” platformasidagi bayonoti orqali dunyoning eng mashhur va qo‘rqinchli qamoqxonalaridan biri bo‘lgan Alkatrazni qayta ochish haqida buyruq berganini ma’lum qildi.
"Men Amerikaning eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilarini joylashtirish uchun Alkatraz qamoqxonasini qayta ochish, kengaytirish va tiklashni buyuraman", — deydi Tramp o‘z chiqishida. Unga ko‘ra, ushbu tashabbus tartib, qonun va adolat ramziga aylanishi lozim.
Ma’lumot o‘rnida: Alkatraz — Kaliforniya shtatining San-Fransisko ko‘rfazidagi orolda joylashgan bo‘lib, u 1963-yilda rasman yopilgan. Bir vaqtlar bu yerda eng xavfli jinoyatchilar saqlangan. Qamoqxona o‘zining qat’iy tartiblari va qochib qutulib bo‘lmas sharoitlari bilan mashhur edi.







