Jahon

Xitoy kompaniyalari Tramp bojlarini chetlab o‘tyapti

Xitoydan AQShga “uchinchi davlatlar” orqali mahsulot o‘tmoqda.

Xitoy kompaniyalari Tramp bojlarini chetlab o‘tyapti

Xitoy kompaniyalari AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan yuqori import bojlarini aylanib o‘tish uchun o‘z mahsulotlarini uchinchi davlatlar orqali AQShga eksport qilmoqda. Bu haqda Financial Times nashri ma’lumot bergan.

 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida reklama qilinayotgan xizmatlar eksportchilarga mahsulotlarni Malayziya kabi davlatlarga yuborishni, u yerda esa yangi kelib chiqish sertifikati olishni taklif qiladi. Shundan so‘ng, tovarlar “uchinchi mamlakat mahsuloti” sifatida AQShga yetkazib beriladi.

 

Biroq AQSh savdo qonunchiligiga ko‘ra, bunday holatda mahsulotlar yangi sertifikatga ega bo‘lishi uchun “katta o‘zgarishlar”dan o‘tgan bo‘lishi kerak. Bu esa, odatda, tovarning qayta ishlanishi yoki qayta ishlab chiqarilishi deganidir.

 

Maqolada ta’kidlanishicha, ayrim Xitoy kompaniyalari aynan shu talablarni qanchalik to‘liq bajarayotgani noma’lum, biroq bunday yo‘l orqali bojxona to‘lovlaridan qochish urinishlari kuchaymoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Xitoy kompaniyalari Tramp bojlarini chetlab o‘tyapti | Zamon.uz