Apple iPhone 19 Air modelini chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
iPhone 19 Air va bukiladigan iPhone birgalikda taqdim etilishi mumkin.

Apple 2027-yilning ikkinchi yarmida o‘zining yangi iPhone 19 Air smartfonini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda taniqli analitik Ming-Chi xabar berdi.
Hisobotga ko‘ra, iPhone 19 Air hozirda mish-mishlarga sabab bo‘lgan iPhone 18 Air (yoki iPhone 18 Slim) modelidan kattaroq ekran bilan jihozlanadi. Aniq ekran o‘lchami hozircha ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, Kuo yangi model avvalgisidan kattaroq bo‘lishini ta’kidlagan.
Kompaniyaning ushbu yangiligi Apple mahsulotlari qatorini kengaytirish va bozordagi raqobatga moslashish strategiyasining bir qismi sifatida ko‘rilmoqda. Kuoning fikricha, ayniqsa Xitoydagi kuchli raqobat Apple’ni har olti oyda yangi qurilmalarni taqdim etish rejimini joriy etishga undagan.
Shuningdek, tahlilchining prognozlariga ko‘ra, Apple 2026-yil oxirida ilk bukiladigan iPhone’ini, 2027-yil oxirida esa uning ikkinchi avlodini taqdim etadi. Bu sana iPhone 19 Air’ning chiqarilishi bilan deyarli bir vaqtga to‘g‘ri keladi.







