Jahon

Ispaniyada quyosh nurlari hayoti uchun xavfli bo‘lgan bola aniqlandi

Noyob kasallik tufayli bola faqat quyosh botgandan keyingina tashqariga chiqishi mumkin.

Ispaniyada quyosh nurlari hayoti uchun xavfli bo‘lgan bola aniqlandi

 

Ispaniyaning Kataloniya mintaqasida istiqomat qiluvchi 12 yoshli bola noyob va og‘ir genetik kasallik – kseroderma pigmentozi tashxisi bilan yashamoqda. Bu kasallik bolaning terisini quyosh nurlariga nihoyatda sezgir qilib qo‘ygan. Shifokorlar bolaning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida unga faqat quyosh botgandan keyin tashqariga chiqishga ruxsat bergan.

 

Mazkur kasallik ultrabinafsha nurlarga chidamsizlik bilan kechadi va teri saratoni rivojlanish xavfini keskin oshiradi. Afsuski, hozirda bu kasallikning davosi mavjud emas. Shu sababli, bola kun davomida to‘liq yopiq holda – uzun yengli kiyimlar, qo‘lqop, keng shapka, maxsus quyoshdan himoya kremi, ko‘zoynak va hatto ultrabinafsha nurlanishni o‘lchaydigan maxsus asbob bilan harakatlanishga majbur.

 

Faqat maktabga borish uning kunduzgi tashqariga chiqishiga istisno sifatida ruxsat etilgan, ammo bu ham faqat to‘liq himoya choralari ko‘rilgan taqdirdagina. Bolaning onasi jurnalistlarga bergan intervyusida farzandining ijtimoiy hayoti cheklanganini, do‘stlar bilan uchrashuv va oddiy bolalik quvonchlaridan mahrum bo‘lganini ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ispaniyada quyosh nurlari hayoti uchun xavfli bo‘lgan bola aniqlandi | Zamon.uz