Jahon

Ruminiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

U prezidentlik saylovlaridan keyin bu qarorga kelgan.

Ruminiya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Ruminiya bosh vaziri Marchel Cholaku siyosiy mas’uliyatni zimmasiga olib, iste’foga chiqishini e’lon qildi. U bu qarorni 5-may kuni partiya yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

 

“Saylov natijalari shuni ko‘rsatdiki, hukmron koalitsiya endi xalqning ishonchini yo‘qotgan. Shuning uchun bosh vazir lavozimidan ketishga qaror qildim,” — dedi Cholaku ochiq va halol ohangda.

 

Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni o‘tgan prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida o‘ta o‘ngchi siyosatchi Jorje Simion yetakchilik qildi, Buxarest meri Nikushor Dan ikkinchi, hukmron koalitsiya nomzodi Kren Antonesku esa uchinchi o‘rinni egalladi. Bu natijalar Ruminiya siyosatida katta o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

custom img

Buyuk Britaniyaning ikki kunlik gaz zaxirasi qoldi

Energiya bozoridagi uzilishlar sabab London gazni yuqori narxlarda sotib olishga majbur bo‘lmoqda.

custom img

Mas’ud Pezeshkian Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi

U Naxchivonga hodisasida Eron aloqador emasligini ma’lum qildi va voqea tekshirilishini ta’kidladi.

custom img

Janubiy Koreyadagi zavodda baxtsiz hodisa sabab O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Ishchini yuk ko‘taruvchi texnika urib yuborgani ma’lum qilindi.

custom img

Eronda Mojtaba Xomanaiy yangi Oliy rahbar etib saylandi

Ekspertlar kengashi qaroriga ko‘ra, u mamlakatning uchinchi Oliy rahbari sifatida rasman tasdiqlandi.

custom img

Eronning yangi Oliy rahbari AQSh roziligisiz uzoq vaqt qolmaydi — Tramp

AQSh prezidenti Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasligini ham ta’kidladi.

custom img

Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

Kadastr xodimi yer uchun kadastr hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 2,5 ming dollar, soliq inspektori fermer masalasini sudda hal qilib berish evaziga 10 mln so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

custom img

Eron AQSh va Isroilni kimyoviy urushda ayblamoqda

AQSh va Isroilning yoqilg‘i omborlariga qilgan hujumlarini tinch aholiga qarshi kimyoviy urush deb baholandi.

custom img

Saudiya Arabistonida turar-joy binosiga snaryad tushdi: halok bo‘lganlar bor

Qurbonlar Bangladesh va Hindiston fuqarolari ekani ma’lum qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"