Tramp va Erdog‘an muhim masalalarni muhokama qildi
Suhbatda Ukraina mojarosiga alohida to'xtalib o'tilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatlashdi. Tramp bu haqda o‘zining Truth Social sahifasida yozib qoldirdi. Ularning suhbatida asosan Ukraina mojarosi, AQSh-Eron muzokaralari, Suriya va G‘azo masalalari muhokama qilingan.
Trampning aytishicha, Erdog‘an AQShning Ukraina mojarosini tugatishga oid harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, ular ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar va mudofaa sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qilgan.
Qizig‘i shundaki, suhbatda Tramp Erdog‘anni Vashingtonga, Erdog‘an esa Trampni Turkiyaga taklif qilgan.







