Alberta provinsiyasi Kanadadan ajralib chiqmoqchi
Alberta 2026-yilda mustaqillik masalasini referendumga qo‘yishi mumkin.

Kanadaning Alberta provinsiyasi federal hukumat siyosatidan norozilik sababli 2026-yilda mustaqillik masalasini xalq ovoziga qo‘yishi mumkin. Bu haqda viloyat bosh vaziri Danielle Smit bayonot berdi.
“Boshlanishidanoq aniq qilib aytaman: bizning hukumatimiz Kanada tarkibidan ajralish tashabbusini o‘zi ilgari surmaydi. Ammo agar bu masalani referendumga chiqarish uchun zarur miqdorda imzo to‘plagan petitisiya muvaffaqiyatli topshirilsa, biz bu jarayonni to‘xtatmaymiz va 2026-yilgi referendum byulleteniga kiritamiz", — dedi Smit.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markaziy hukumat Ottavada Alberta resurslarini “o‘zlashtirishda, iqtisodiyotini zaiflashtirishda va konstitutsion huquqlarini buzishda” davom etmoqda.
Ta’kidlash joizki, Kanadada qazib olinadigan neftning asosiy qismi aynan Albertaga to‘g‘ri keladi. Biroq bu sohadagi daromad boshqa provinsiyalar o‘rtasida taqsimlanadi. Shu sababli, Albertada AQSh tarkibiga qo‘shilishni istovchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ular fikricha, AQSh shtati maqomida ularning hayot darajasi yuqoriroq bo‘lar edi.







