Jahon

Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalari berdi

“Sindur operatsiyasi” doirasida 9 ta obyektga hujum qilingan.

Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalari berdi

7 mayga o‘tar tunda Kashmirning Pokistonga qarashli qismida portlashlar yuz berdi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yarim tundan keyin Muzaffarobod shahri atrofiga raketa zarbalari berilgan. Portlashlardan keyin shaharda elektr energiyasi taʼminoti uzilgan.

 

Hindiston Pokistondagi “terrorchilik” infratuzilmalariga qarshi zarbalari berganini eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, Hindiston “Sindur operatsiyasi” doirasida to‘qqizta obyektga hujum qilgan.

 

"Hindiston Qurolli kuchlari terrorchilar lagerlariga aniq zarbalarni amalga oshirdi. Pokiston harbiy obyektlari hujumga uchramadi", deyiladi Hindiston Mudofaa vazirligi bayonotida.

 

Pokiston Mudofaa vazirligi Hindiston mamlakat hududiga raketa zarbalari yo‘llaganini tasdiqladi. Shu bilan birga, Pokiston "tegishli javob choralari ko‘rilishini" taʼkidladi. Pokiston o‘z havo makonini barcha parvozlar uchun 48 soatga yopdi.

 

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi Pahalgam shahrida qurollangan terrorchilar 26 kishini o‘ldirishi sababli yomonlashdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan terrorchilik guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan aybni Pokistonga yukladi. Mazkur hodisadan so‘ng Hindiston Pokiston bilan chegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qildi. O‘z navbatida Pokiston ham shunday javob choralarini ko‘rdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindiston Pokiston hududiga raketa zarbalari berdi | Zamon.uz