Pokiston tinchlik sharti e'lon qilindi
Xavaja Osif: “Hindiston chekinsa, harbiy javob bo‘lmaydi”.

Pokiston Hindiston bilan ziddiyatda harbiy harakatlarni davom ettirmaslik shartini ilgari surdi. Mamlakat mudofaa vaziri Xavaja Osifning Bloomberg agentligiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, agar Hindiston "Sindur" operatsiyasi va boshqa tajovuzkor harakatlarini to‘xtatsa, Pokiston ham harbiy javob bermaydi.
"Biz Hindistonga ochiqchasiga bildirdik: agar ular harbiy bosqinchilikdan voz kechsa, biz ham harbiy harakatlarimizni to‘xtatamiz. Biroq, agar bizga hujum qilinsa, o‘zimizni himoya qilishga majbur bo‘lamiz", – dedi Osif.
Muzokaralar ehtimoli haqida so‘ralganda esa, u hozircha bu borada hech qanday aloqalar mavjud emasligini bildirdi.







