Amerika yangi turdagi yadroviy bomba ishlab chiqmoqda
Uning namunalari may oyi oxirigacha taqdim etilishi mumkin.

AQSh hukumati B61-13 nomli yangi yadroviy bomba namunalarini 2025-yil may oxirigacha olishni rejalashtirmoqda. Dastlab bu bombani ishlab chiqish ishlari 2026-yil bahorida tugatilishi rejalangan edi.
B61-13 yadroviy bombasi zamonaviy qiruvchi samolyotlar hamda yangi avlod B-21 bombardimonchisi uchun mo‘ljallangan. Harbiy ekspertlar fikricha, u AQSh yadroviy arsenalini modernizatsiya qilishda muhim o‘rin tutadi.
Pentagon vakillari yangi bomba ishlab chiqilishi global xavfsizlik muvozanatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha hozircha izoh bermadi. Biroq ba’zi kuzatuvchilar bu jarayon qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.







