Konklav birinchi turda yangi Rim Papasini tanlay olmadi
Endi har kuni to‘rt marta ovoz yig'iladi.

Vatikan konklavi birinchi ovoz berish turida yangi Rim Papasini saylashga muvaffaq bo‘lmadi. Shundan so‘ng, odatga ko‘ra, Sistina ibodatxonasi mo‘risidan qora tutun ko‘tarilib, jamoatchilikka hali tanlov yakunlanmaganini bildirdi.
Endilikda konklavga yig‘ilgan kardinallar — Katolik cherkovining oliy ruhoniylari — har kuni to‘rt marta ovoz beradi: ikki marta ertalab va ikki marta kechqurun. Bu jarayon to yangi Papa saylanib, oq tutun bilan e’lon qilinmaguncha davom etadi.
Yangi Papa tanlanishi butun dunyo katoliklari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatilmoqda, chunki u butun cherkov siyosati va yo‘nalishini belgilashda muhim rol o‘ynaydi.







