Olimlar global isishning asosiy aybdorlarini aniqladi
Yer yuzidagi boylar global isishda 66 foiz javobgar.

Tadqiqotlarga ko‘ra, yer yuzidagi eng boy 10% aholisi 1990-yildan buyon global isishning 66% uchun javobgar. Bu qatlamning yashash tarzi va investitsiyalari o‘ta xavfli jazirama va qurgoqchiliklarni kuchaytirib yuborgan.
Ayniqsa, eng boy 1% insonlar alohida ajralib turadi. Ularning faoliyati ekstremal issiqlik to‘lqinlariga o‘rtacha ko‘rsatkichdan 26 baravar, Amazondagi qurgoqchiliklarga esa 17 baravar ko‘p hissa qo‘shgan. Agar barcha odamlar eng kambag‘al 50% aholi kabi kam chiqindi chiqaradigan bo‘lsa, global isish deyarli sezilmas edi, deydi olimlar.
Tadqiqotchilar boy qatlamga yo‘naltirilgan progressiv iqlim solig‘i va javobgarlik mexanizmlarini joriy etishni tavsiya qilmoqda. Chunki nafaqat dabdabali hayot, balki havoning ifloslanishi yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar ham iqlim o‘zgarishiga katta zarar yetkazmoqda.







