Qirg‘izistonda G‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda 3 mingga yaqin harbiy qatnashdi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali parad bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 3 mingga yaqin harbiy xizmatchi va 120 dan ortiq harbiy texnika ishtirok etdi.
Paraddan oldin Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Bishkekdagi G‘alaba yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. U o‘tganlarni hurmat bilan yodga olib, vatan himoyachilarining jasoratini alohida e'tirof etdi.
Tantanali tadbir davomida harbiylar yurishi, texnikalar namoyishi va madaniy dasturlar bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar orasida faxriylar, yoshlar va mehmonlar ham ishtirok etib, bayramona ruhni his qilishdi.







