Jahon

Rossiya urushni to‘xtatsa, JCh-2026da qatnashishi mumkin

Infantino va Tramp Rossiyaning xalqaro futbolga qaytishi haqida fikr almashdi.

Rossiya urushni to‘xtatsa, JCh-2026da qatnashishi mumkin

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyani 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishga ruxsat berish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, bu taklif Moskva uchun Ukraina urushini to‘xtatishga turtki bo‘lishi mumkin.

 

Xabarlarga ko‘ra, Tramp bu fikrini FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuvi chog‘ida bildirgan. Uchrashuv davomida u Rossiyaning 2022-yildan beri xalqaro futbol musobaqalaridan chetlashtirilganini ilk bor eshitgani aytilmoqda.

 

FIFA rahbari Infantino ham vaziyatga umid bilan qarayotganini bildirdi.

 

“Ha, hozirda Rossiya futbolchilari ishtirok eta olmaydi, ammo umid qilamizki, yaqin kelajakda tinchlik qaror topadi va ular yana xalqaro maydonlarga qaytadi,” — deya ta'kidladi.

 

Tramp esa ushbu holatni diplomatik imkoniyat sifatida ko‘rib, quyidagicha fikr bildirdi: “Bu amalga oshishi mumkin. Bu Rossiya uchun ijobiy rag‘bat bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Biz ularning to‘xtashini istaymiz”.

 

Rossiyaning sport musobaqalaridan chetlatilishi 2022-yilda Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq xalqaro sanksiyalar doirasida amalga oshirilgan edi. 2026-yilda esa futbol bo‘yicha Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilishi belgilangan.

 

Bu kabi takliflar siyosat va sport o‘rtasidagi murakkab munosabatlar, shuningdek, xalqaro bosim vositalarining turli shakllarini muhokama qilish uchun yangi mavzular ochmoqda. Biroq ko‘plab mutaxassislar bunday yondashuv sportga siyosiy manipulyatsiya sifatida qaralishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiya urushni to‘xtatsa, JCh-2026da qatnashishi mumkin | Zamon.uz