Jahon

Rossiyada 10-maygacha mobil aloqa cheklanadi

Bunga G‘alaba kuni arafasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari sabab bo'lgan.

Rossiyada 10-maygacha mobil aloqa cheklanadi

 

Ukraina dronlarining navbatdagi tungi hujumidan so‘ng Rossiyaning 30 dan ortiq shahrida yashovchilar mobil aloqa va internet xizmatlarida jiddiy uzilishlar haqida shikoyat qilmoqda. Xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar — banklar, mobil operatorlar, yetkazib berish tarmoqlari hamda taksi ilovalari — mijozlarni faoliyatdagi vaqtincha uzilishlar haqida ogohlantirdi.

 

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, bu cheklovlar tasodifiy emas. U bayonotida aytishicha, 9-may — Rossiyada keng nishonlanadigan G‘alaba kuni arafasida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida mobil internet va aloqaga maxsus cheklovlar joriy etilmoqda.

 

“Bu xavf darajasiga qarab amalga oshirilayotgan vaqtinchalik choralar bo‘lib, 10-maygacha amal qiladi”, — dedi Peskov.

 

Rasmiylar bu cheklovlar asosan strategik tadbirlar, ommaviy yig‘inlar va harbiy paradlar vaqtida xavfsizlikni oshirishga qaratilganini bildirishmoqda. Biroq kuzatuvchilar nazarida, bu holat Ukrainadan kelayotgan xavflar fonida axborot oqimini nazorat ostida ushlab turish istagini ham aks ettiradi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Rossiyada 10-maygacha mobil aloqa cheklanadi | Zamon.uz