Jahon

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

 

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun moliyaviy yordam doirasida Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromad hisobidan 1 milliard yevro mablag‘ni Kiyevga o‘tkazdi. Bu haqda Yevropa komissiyasining iqtisodiyot bo‘yicha vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

 

“Bugun biz yetti dastur doirasida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan kelgan 45 milliard yevrolik daromaddan yana 1 milliard yevroni Ukrainaga o‘tkazdik,” — deb yozdi u.

 

Bu yordam paketi Yevroittifoq tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida qo‘llanilayotgan moliyaviy mexanizmlarning bir qismidir. Muzlatilgan aktivlar bo‘yicha daromadlarni Ukraina manfaatlariga yo‘naltirish G‘arb davlatlari orasida tobora kengayib borayotgan amaliyotga aylanmoqda.

 

Ajratilgan mablag‘lar Ukrainaga energetika infratuzilmasini tiklash, harbiy va gumanitar ehtiyojlarni qoplash, shuningdek, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

3 ming dollar evaziga mamlakatdan chiqish: AQSh migrant bolalarga taklif bermoqda

AQSh 5 yosh va undan katta migrant bolalarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish uchun pul taklif qilmoqda.

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Putin Tramp e’lon qilgan energetik sulhni buzdi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Moskva kelishuvga rioya qilmasa, javob choralarini ko‘rishini bildirdi.

“Tramp okeani”: AQSh prezidenti yangi taklif bilan chiqdi

“Tramp okeani”: AQSh prezidenti yangi taklif bilan chiqdi

AQSh prezidenti okeanlardan birining nomini o‘zgartirishni taklif qildi.

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda — Financial Times

AQSh Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda — Financial Times

Vashington Kiyevga Rossiya energetika infratuzilmasiga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha bosim o‘tkazmoqda.

Sulh bo‘yicha kelishuvga erishilmadi: Eron AQSh javobidan norozi

Sulh bo‘yicha kelishuvga erishilmadi: Eron AQSh javobidan norozi

Tehron mojaroni tugatish uchun barcha talablar bajarilishini istamoqda.