Amerikalik Kardinal Papa etib saylandi
Saylov natijalari Vatikan konklavida e’lon qilindi.

Rim-katolik cherkovi yangi rahbarini tanladi. 69 yoshli Amerikalik kardinal Robert Frensis Prevost Papa etib saylandi. U o‘ziga Lev XIV nomini tanladi va shu tariqa katolik cherkovi tarixidagi 267-Papa bo‘ldi. Saylov natijalari Vatikan konklavida e’lon qilindi.
Prevost Papa lavozimiga saylangan birinchi AQSh fuqarosi bo‘lib, bundan oldin Peru cherkovida xizmat qilgan va ikki fuqarolikka ega. U 2023-yilda kardinal etib tayinlangan va Vatikan episkoplar bo‘limiga rahbarlik qilgan edi.
Yangi pontifik o‘z nutqida ijtimoiy adolat, tinchlik va ochiqlik kabi qadriyatlarni ilgari surishini bildirib, Papa Fransisk boshlagan islohotlarni davom ettirish niyatida ekanini aytdi. U cherkovning zamonaviy dunyoga moslashuvi va global birdamlik tarafdori sifatida ko‘rilmoqda.







