O'zbekiston

Jarima ballari 1-iyundan kuchga kiradigan bo‘ldi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

Jarima ballari 1-iyundan kuchga kiradigan bo‘ldi

Hukumatning “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, avtomashinani boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarini sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash tartibi tasdiqlandi.

 

Qayd etilishicha, yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima ballari “E-jarimaball” moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblab boriladi.

 

12 oy mobaynida yo‘l harakati qoidalarini buzmagan haydovchilarga rag‘batlantirish tariqasida, keyingi davrda yo‘l harakati qoidalarini birinchi marta buzgani uchun birinchi jarima bali hisoblanmaydi. Haydovchilarning oxirgi huquqbuzarligi uchun jarima bali hisoblangan vaqtdan boshlab, ular 6 oy davomida yo‘l harakati qoidabuzarliklariga doir boshqa huquqbuzarlik sodir etmagan taqdirda, uning umumiy jarima ballaridan ikki jarima bali ayirib tashlanadi.

 

Agar haydovchilar jarima ballarining umumiy miqdori ikki jarima balidan kam bo‘lgan taqdirda, barcha jarima ballari ayirib tashlanadi hamda jarima ballarini hisoblash muddati birinchi huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdan yangidan boshlanadi.

 

Maʼlumot o‘rnida,  jarima ballari faqat YHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar asosida hisoblanadi. Qaror 2025 yil 1 iyundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eron elchisi TIVga chaqirtirildi: O‘zbekiston norozilik notasini topshirdi

Eronning xorijdagi elchixonalari Samarqandning tarixiy-madaniy merosini fors sivilizatsiyasiga bog‘lovchi postlar e’lon qilgandi.

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jinoyatlarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash ustuvor vazifalar ekanini ta’kidladi.

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Toshkent havosi ifloslanmoqda: ko‘chalarga suv purkash ishlari kuchaytirildi

Ushbu jarayonga qariyb 100 ta maxsus texnika jalb qilingan.

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

54,8 trln so‘m undirildi: MIB o‘tgan yilgi natijadan 14,4 trln so‘mga oshdi

Mablag‘larning asosiy qismi davlat foydasiga yo‘naltirildi.

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Uyatli so‘zlar va tarqalgan video: Qo‘qonda erkak 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan erkak jazolandi.

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepadagi xonadonda yong‘in chiqdi: bir kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Milliy sertifikat imtihonida qaysi alifbodan foydalaniladi? Agentlik izoh berdi

Imtihonlar 24–26-oktyabr kunlari barcha hududlarda bo‘lib o‘tadi.

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tadbirkorga bosim va 65 mln so‘mlik talab: hokim o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

U tadbirkordan uyiga quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.