Jahon

Nazoratdan chiqqan sun'iy yo'ldosh yerga qaytmoqda

U 10-may kuni Buxarestga qulashi mumkin.

Nazoratdan chiqqan sun'iy yo'ldosh yerga qaytmoqda

 

Nazoratdan chiqqan sobiq Sovet sun’iy yo‘ldoshi “Kosmos 482” Yerni yo‘nalishga oldi. Astronomlar bu 500 kg og‘irlikdagi apparat 10-may kuni kunduzi Yevropa hududiga qulashini taxmin qilishmoqda. Eng xavfli hududlar orasida Ruminiya poytaxti Buxarest ham bor.

 

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, yo‘ldosh orbitasidagi eng kichik o‘zgarish ham uni minglab kilometrga burib yuborishi mumkin. Buxarestdan tashqari London, Budapesht, Rio-de-Janeyro, Xirosima, Pxenyan kabi yirik shaharlar ham "olov chizig‘i"da joylashgan.

 

Sun’iy yo‘ldosh 1972-yilda Sovet Ittifoqi tomonidan Veneraga yuborish uchun uchirilgan edi. Biroq dvigatel nosozligi sababli u orbitada qolib ketgan. Hozirda uning qolgan bir bo‘lagi Yerga 28 ming km/soat tezlikda yaqinlashmoqda.

 

Delft texnologiya universiteti olimi doktor Marko Langbroekning hisob-kitoblariga ko‘ra, obyekt qayerga tushishini aniq aytish qiyin, biroq zich aholi yashaydigan hududlarga tushish ehtimoli nolga teng emas.

 

Shunga qaramay, olimlar zarba ehtimolini meteorit urishiga qiyoslab, global darajadagi xavf yo‘qligini aytmoqda. Biroq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aholi yashaydigan joyga tushsa, jiddiy talafotlarga olib kelishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Nazoratdan chiqqan sun'iy yo'ldosh yerga qaytmoqda | Zamon.uz