Jahon

Ispaniyada xlor ombori yonib ketdi

Beshta hududda favqulodda holat e’lon qilingan.

Ispaniyada xlor ombori yonib ketdi

 

Ispaniyaning Kataloniya provinsiyasida joylashgan Clim Waterpool kimyoviy omborida sodir bo‘lgan yong‘in sabab beshta hududda favqulodda holat e’lon qilindi.

 

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 02:20 da boshlanib, suzish havzalari uchun mo‘ljallangan 70 tonna xlor saqlanadigan hududda ro‘y bergan. Voqea joyi yaqinidagi aholi punktlari — Barselona provinsiyasidagi Vilanova i la Geltrú, Sant Pere de Ribes va Kubelles, shuningdek, Tarragonadagi Cunita va Kalafell aholisi darhol xavfsizlik choralarini ko‘rishga chaqirilgan. Ular uyda qolish, eshik va derazalarni ochmaslik, konditsioner ishlatmaslik haqida ogohlantirilgan.

 

Hozircha jabrlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, voqea joyiga qo‘shimcha favqulodda yordam brigadalari yetkazilgan va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim yo‘llarda harakat cheklangan.

 

Kataloniya o‘t o‘chirish xizmati yong‘in hozirda mahalliylashtirilganini bildirgan. “Yong‘inning boshqa omborlarga tarqalishiga yo‘l qo‘ymadik. Endi asosiy e’tibor tutun shleyfining zaharlilik darajasi va tarqalishini nazorat qilishga qaratilgan”, — deya izoh berdi xizmati vakillari.

 

Yong‘inni bartaraf etishga 60 nafar o‘t o‘chiruvchi, 20 nafar maxsus mutaxassis, jumladan kimyoviy razvedka va texnologik xavflarga qarshi ishlaydigan guruhlar jalb etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ispaniyada xlor ombori yonib ketdi | Zamon.uz