Jahon

Pokiston Hindistonga qarshi harbiy operatsiya boshladi

Vazirliklar vaziyatni jiddiy monitoring qilmoqda.

Pokiston Hindistonga qarshi harbiy operatsiya boshladi

Pokiston “Banbyan-ul-Marsus” (“Mustahkam devor”) deb nomlangan yirik harbiy operatsiyani boshlaganini eʼlon qildi. Bu haqda Geo TV telekanali xavfsizlik idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

 

Avvalroq Pokiston armiyasi Hindiston tomonidan o‘z aviabazalariga raketa hujumi uyushtirilganini maʼlum qilgan va javob choralari ko‘rishini bildirgan edi. Buning ortidan mamlakat havo hududi mahalliy vaqt bilan 10 may tushgacha yopildi.

 

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Milliy qo‘mondonlik yig‘ilishini chaqirgan. Hukumat rasmiy sahifalarida operatsiya boshlangani eʼlon qilindi.

 

Manbalarga ko‘ra, Pokiston armiyasi Hindistondagi bir qator strategik nishonlarga zarbalar yo‘llagan. Xususan, BrahMos gipertovushli raketalar ombori, Udhampur va Pathankot aviabazalari, armiya shtab-kvartirasi va yirik harbiy ombor zarbaga uchragani xabar qilindi.

 

Hindiston rasmiylari hozircha ushbu maʼlumotlarga izoh bermagan, mahalliy OAV ham zarbalar haqida tasdiqlovchi xabarlar bermagan. Vazirliklar va xalqaro kuzatuvchilar vaziyatni jiddiy monitoring qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.