Shri-Lankada harbiy vertolyot qulab tushdi
Fojia oqibatida 10 kishi vafot etgan.

Shri-Lankada mudofaa kuchlariga tegishli harbiy vertolyot halokatga uchrab, bortdagi barcha 10 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, vertolyot parvoz davomida boshqaruvni yo‘qotib, suv omboriga qulagan. Voqea mahalliy vaqt bilan ertalab sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan, biroq bortdagi barcha harbiylarning jasadlari suvdan olib chiqilgan.
Hozircha halokat sabablari aniq emas. Mutasaddilar texnik nosozlik yoki ob-havo sharoitining noqulayligini taxmin qilmoqda. Rasmiy tergov ishlari boshlangan.
Shri-Lanka mudofaa vazirligi hodisani tasdiqlagan va halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. Mamlakat hukumati yaqin kunlarda halokat yuzasidan to‘liq bayonot berishini bildirgan.







