Xitoy bilan muzokara arafasida Tramp keskin choralar taklif qilmoqda
Tramp 80 foiz bojni o‘rinli deb atadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Shveytsariyada bo‘lib o‘tadigan muzokaralar oldidan Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 80 foiz miqdorida boj joriy etishni taklif qildi.
"Xitoy o‘z bozorini AQShga ochishi kerak — bu ular uchun juda yaxshi bo‘lardi! Yopiq bozorlar endi ishlamaydi!" — deb yozgan Tramp o‘z postida. U qo‘shimcha qilib: “Xitoyga nisbatan 80 foiz tarif to‘g‘ri ko‘rinadi. Bu Skott B.ga bog‘liq”, — deya AQSh moliya vaziri Skott Bessentni nazarda tutdi.
Juma kuni Skott Bessent savdo bo‘yicha bosh muzokarachi Jamison Greer bilan birga Jenevada Xitoy bosh iqtisodchisi Xe Lifen bilan uchrashadi. Bu uchrashuv AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo keskinliklarini yumshatishga qaratilgan ilk jiddiy muloqot sifatida baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, Tramp 2025-yil yanvarida ikkinchi prezidentlik muddatini boshlagandan beri Xitoy importiga qo‘yilgan bojlarni 145 foizga oshirdi. Javoban, Xitoy nodir metallar eksportini chekladi hamda AQShdan olib kiriladigan mahsulotlarga, jumladan soya va suyultirilgan gazga, 125 foiz boj joriy etgan edi.








