Jahon

Yevropa Rossiya rahbarlarini sud qilmoqchi

Yevroittifoqning 20 davlati tribunalga rozilik berdi.

Yevropa Rossiya rahbarlarini sud qilmoqchi

 

Xabarlarga ko‘ra, Yevroittifoqning 27 a’zo davlatidan 20 tasi Rossiyaning siyosiy va harbiy rahbariyatini javobgarlikka tortish uchun maxsus xalqaro tribunal tashkil etilishi g‘oyasini ma’qulladi. Bugun Ukrainaning Lvov shahrida “Asosiy guruh” deb nomlangan tashabbus doirasidagi davlatlar tashqi ishlar vazirlari ushbu tribunal bo‘yicha deklaratsiyani imzoladi.

 

Yevroittifoq rasmiysining aytishicha, tribunal 20–30 nafar yuqori martabali shaxsni javobgarlikka tortishni nazarda tutadi. Sud jarayonlari yuzma-yuz yoki sirtdan bo‘lib o‘tadi. Ayblanuvchilarga 30 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki og‘ir holatlarda umrbod qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

 

AQSh bu deklaratsiyani imzolamagan davlatlar qatorida qolmoqda. Biroq Bryusselda, Vashington ham yakunda tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydi degan umid bor. Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy bu borada shunday dedi: “AQShning tribunalni tuzishdagi sust ishtiroki — bu Tramp ma'muriyatining Putinga taqdim etgan ko'plab imtiyozlaridan biri”.

 

Kelgusi qadam sifatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu tribunal bo‘yicha Yevropa Kengashi bosh kotibiga rasmiy murojaat yo‘llashi kutilmoqda. Bu murojaat 13–14 may kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda taqdim etiladi. Shundan so‘ng Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi rasmiy jarayonni boshlashi kerak.

 

Mazkur tribunal Ukraina hududiga bostirib kirish — ya’ni tajovuz jinoyati yuzasidan tashkil etiladi va norasmiy ravishda “Putin tribunali” nomi bilan tilga olinmoqda. Ammo DW manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti, bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri hozirda amaldagi lavozimlarida bo‘lganlari sababli “shaxsiy immunitet” bilan himoyalangan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.