Pokistonda barcha aeroportlar ochildi
Pokiston havo hududi barcha turdagi reyslar uchun ochiq.

Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi keskinlik fonida muzokaralar natijasida tomonlar barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga kelishib oldi. Shu munosabat bilan Pokiston havo hududi barcha reyslar uchun to‘liq ochilganini e’lon qildi.
Pokiston aeroportlar boshqarmasi rasmiy bayonotida: “Pokiston havo hududi barcha turdagi reyslar uchun ochiq. Mamlakat boʻylab barcha aeroportlar normal rejimda ishlamoqda”, — deyiladi.
Xabarlarga ko‘ra, Donald Tramp vositachiligida erishilgan sulh mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan kuchga kirgan. Hindiston tashqi ishlar vaziri Vikram Misrining aytishicha, ikki tomon vakillari barcha frontlarda o‘q uzishni to‘xtatishga rozi bo‘lgan.
12-may kuni tomonlar rejimga rioya qilinishi yuzasidan qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Manbalarga ko‘ra, bu kelishuv xalqaro vositachilarsiz, bevosita Islomobod va Nyu-Dehli o‘rtasida imzolangan bo‘lib, tomonlarning mojaroni o‘zaro hal qilishga tayyorligini ko‘rsatmoqda.







