Jahon

Ukraina bilan muzokaralar 15-may kuni bo‘lishi mumkin

Putin Istanbulda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar taklifini berdi.

Ukraina bilan muzokaralar 15-may kuni bo‘lishi mumkin

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni 15-may kuni Istanbulda davom ettirishni taklif qildi. Bu haqda u Kremlda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

 

Putinning aytishicha, u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar masalasini muhokama qiladi hamda Istanbulda yangi muzokaralar bosqichi uchun platforma yaratishni so‘raydi.

 

“Rossiya jiddiy muzokaralarga tayyor. Bu jarayon davomida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishish ehtimoli ham bor. Endi qaror Kiyev va uning tashqi kuratorlariga bog‘liq”, — dedi Putin.

 

U, shuningdek, Rossiya AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga tinchlikka erishish yo‘lida ko‘rsatgan vositachilik sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Putin, matbuot anjumani yakunida, joriy yilning sentabr oyida Xitoyga rasmiy tashrif buyurishini tasdiqladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina bilan muzokaralar 15-may kuni bo‘lishi mumkin | Zamon.uz