Germaniya Usmonovni “Dilbar” egasi sifatida tilga olishni taqiqladi
Germaniya sudi mulkchilik da'vosini rad etdi.

“Kommersant” nashrining 2025 yil 11 maydagi xabariga ko‘ra, Germaniya sudi, tadbirkor Alisher Usmonovni “Dilbar” nomli lyuks yaxtaning egasi deb atashni rasman taqiqladi.
Ushbu yaxta bilan bog‘liq xabarlarda Usmonovni yagona yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri mulkdor sifatida tilga olish taqiqlandi. Bu taqiq buzilgan har bir holatda 250 ming yevrogacha jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi belgilangan.
“Dilbar” — dunyodagi eng yirik shaxsiy yaxtalardan biri bo‘lib, avvalgi yillarda Alisher Usmonov bilan bog‘langan. Ammo Usmonov tomonidan bir necha bor yaxta shaxsan unga tegishli emasligi, balki oila aʼzolariga qarashli trastlar orqali boshqarilayotgani taʼkidlangan.
Ma'lumot uchun, 2022 yildagi G‘arb sanksiyalaridan so‘ng yaxta Germaniya hududida hibsga olingan edi.







