Jahon

Polshada noqonuniy migratsiyaga qarshi namoyish o‘tkazildi

Prezidentlik saylovi arafasida noroziliklar kuchaymoqda.

Polshada noqonuniy migratsiyaga qarshi namoyish o‘tkazildi

 

Polsha poytaxti Varshava shahrida minglab fuqarolar noqonuniy migratsiyaga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazishdi. AFP agentligining xabar berishicha, ishtirokchilar qo‘llarida Polsha bayroqlarini ko‘tarib, “Migratsiya yo‘q!” kabi shiorlarni baland ovozda hayqirganlar.

 

Namoyishchilar orasida ko‘pchilik mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida “Haqiqat va Adolat” (PiS) partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan nomzod — Milliy xotira instituti rahbari Karol Navrotskiyga ochiqcha qo‘llab-quvvatlov bildirgan. U PiS partiyasining asosiy nomzodi hisoblanadi.

 

Polshada prezidentlik saylovining birinchi bosqichi 18-may kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy raqobat Navrotskiy va Varshava meri Rafil Tshaskovskiy o‘rtasida kechadi. Tshaskovskiy markazchi-umummilliy “Fuqarolik platformasi” partiyasi nomzodi bo‘lib, u bosh vazir Donald Tusk tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 

So‘rovnomalarga ko‘ra, saylovning birinchi bosqichida hech bir nomzod yetarli ovoz to‘play olmasligi mumkin, bu esa ikkinchi bosqichda hal qilinishi mumkinligini anglatadi.

 

Shuningdek, yaqinda Polsha Raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gawkowski Rossiyani saylov jarayonlariga aralashishda ayblab, Moskva Polshada kiberhujumlar, dezinformatsiya va sabotasiyalarning asosiy manbai bo‘lib qolayotganini bildirgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Polshada noqonuniy migratsiyaga qarshi namoyish o‘tkazildi | Zamon.uz