Qatar Trampga yangi Air Force One samolyotini sovg‘a qilmoqchi
Bu AQSh tarixidagi eng qimmat siyosiy sovg‘a bo'lishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Qatar AQSh prezidenti Donald Trampga Boeing 747-8 samolyotini sovg‘a qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu model zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, Air Force One’ning yangilangan varianti sifatida ko‘rilmoqda.
Rejaga ko‘ra, Tramp bu samolyotdan prezidentlikdan keyin ham foydalanishi mumkin bo‘ladi. Keyinchalik u Tramp kutubxonasi fondiga o‘tkazilishi kutilmoqda. Bu sovg‘a AQSh tarixida prezidentga topshirilgan eng qimmat sovg‘a bo‘lishi mumkin.
Biroq AQSh Konstitutsiyasiga binoan, prezidentlar xorijiy davlatlardan Kongress roziligisiz sovg‘alar qabul qila olmaydi. Shuning uchun bu holat siyosiy va huquqiy bahslarga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirda AQSh prezidenti ikkita Boeing 747-200B rusumli Air Force One samolyotidan foydalanadi. Ushbu samolyotlar 1990-yillarning boshidan beri xizmatv qiladi. Boeing kompaniyasi bu samolyotlarni almashtirish uchun yangi 747-8 modellarini tayyorlamoqda, ammo ishlab chiqarish jarayoni kechikmoqda. Tramp esa ilgariroq bu jarayondan norozi ekanini bildirgan edi.
Qatar ilgari ham boshqa davlatlarga samolyot sovg‘a qilgan — 2018 yilda Turkiya hukumati shunday samolyot qabul qilgan edi.







