Jahon

Tramp dorilarning narxini tushirishni rejalashtirmoqda

Tramp: AQSh dori narxlarida dunyo bilan tenglashadi.

Tramp dorilarning narxini tushirishni rejalashtirmoqda

 

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda retsept bo‘yicha beriladigan dorilar narxini 30–80 foizgacha pasaytirish rejasini e’lon qildi. U bu tashabbusni “mamlakat tarixidagi eng ta’sirli farmonlardan biri” bilan rasmiylashtirishni rejalashtirayotganini aytdi.

 

Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi bayonotida quyidagilarni ma’lum qildi: “Yillar davomida odamlar bir savolni so‘radi: nima uchun AQShda ayni dorilar boshqa davlatlarga qaraganda 5–10 barobar qimmatroq? Endi bu adolatsizlikka barham beriladi. Ertaga ertalab 9:00 da Oq uyda men tarixiy farmonni imzolayman. Natijada dorilar narxi deyarli darhol 30–80 foizgacha tushadi”.

 

Trampning ta’kidlashicha, bu qaror orqali AQSh fuqarolari boshqa davlatlar bilan teng narxlarda dori xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Agar biror dori biror mamlakatda 1 dollar tursa, AQShda ham u xuddi shuncha bo‘lishi kerak”, dedi u.

 

Hozircha ushbu qaror qanday tartibda amalga oshirilishi aniq emas. AQShda dori narxlarini markazlashgan tartibda nazorat qilish tizimi mavjud emas. Shuningdek, ushbu chora faqat davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Medicare dasturiga taalluqlimi yoki kengroq qamrovga ega bo‘lishi ham noma’lum. Ekspertlar bu tashabbus yirik farmatsevtika kompaniyalari tomonidan qarshilikka uchrashi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp dorilarning narxini tushirishni rejalashtirmoqda | Zamon.uz