Yaponiya sobiq imperatoriga yurak xastaligi tashxisi qo‘yildi
Hozirda uning holati tibbiy nazorat ostida.

Tokio universiteti kasalxonasi shifokorlari Yaponiya taxtidan voz kechgan sobiq imperator Akixitoga og‘riqsiz miokard ishemiyasi tashxisini qo‘yishdi.
91 yoshli sobiq monarx 1989-yildan 2019-yilgacha Yaponiya imperatori bo‘lgan. Hozirda uning holati tibbiy nazorat ostida.
Shifokorlarning aytishicha, miokard ishemiyasi yurak mushaklariga kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi, ammo Akixito bu kasallikni og‘riqsiz shaklda o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin.







