Jahon

Buryatiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

50 ming gektardan ortiq o‘rmon yong‘inlari sabab favqulodda holat e’lon qilingan.

Buryatiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda

 

Buryatiya Respublikasida sodir bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari tufayli 13-maydan boshlab mintaqaviy favqulodda vaziyat rejimi joriy etildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Buryatiya Respublikasining o‘rmon xo‘jaligi agentligi (RALH) ma’lum qildi.

 

RALH xabariga ko‘ra, respublika miqyosidagi favqulodda vaziyatlar komissiyasi qaroriga binoan o‘rmon hududlariga kirish to‘liq taqiqlangan. Ayni damda Bountovskiy Evenki va Yeravnin tumanlarida umumiy maydoni 53 208 gektarni tashkil etuvchi 22 ta yong‘in qayd etilgan.

 

Agentlik kuchli shamol va yong‘in joylarining yondashib bo‘lmaydigan hududlarda joylashgani tufayli o‘t o‘chirish ishlarini murakkablashtirayotganini bildirgan. So‘nggi bir kun ichida 16,6 ming gektar yong‘in maydoni zararsizlantirildi, biroq ayni vaqtda Bountovskiy Evenki tumanida yana to‘rtta yangi yong‘in aniqlangan.

 

RALH ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inlarning aksariyati — 90 foizdan ortig‘i — inson omiliga bog‘liq bo‘lib, ko‘pincha ehtiyotsizlik va beparvolik oqibatida yuzaga kelmoqda. Hozirda o‘t o‘chirish ishlariga 533 nafar xodim jalb etilgan.

 

Favqulodda holat e’lon qilinishiga sabab bo‘lgan omillardan biri — yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan mavsum boshlanganidan beri 174 ta o‘rmon yong‘inining ro‘yxatga olinganidir.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Buryatiyada kuchli o‘rmon yong‘inlari kuzatilmoqda | Zamon.uz