Mushuk allergiyasiga qarshi vaksina yaratildi
Modda allergik reaksiyalarni 85 foizgacha bloklashi mumkin.

Rossiya va Avstriya olimlari mushuklarga allergiyasi borlar uchun yangi vaksina ishlab chiqdi. Preparat allergik reaksiyalarni 85 foizgacha bloklashi mumkin.
Vaksina tarkibida asosiy allergenlar maxsus oqsil bilan birlashtirilgan. Bu oqsil immunitet tizimini bezovta qiluvchi moddalarga qarshi kurashishga o‘rgatadi.
Hozirda vaksina klinik sinovlar o'tkazishga tayyorlanmoqda. Agar sinovlar muvaffaqiyatli o‘tsa, mushuksevarlar aksirmay yashash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.







