O‘zbekistonda davlat klinikalarida pullik xizmatlar arzonlashadi
Mazkur qaror 8 maydan kuchga kirgan.

Davlat tibbiyot muassasalarida ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar narxini cheklash bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi. Endi pullik xizmatlar narxi belgilangan byudjet xizmatlari qiymatidan 25 foizdan oshmasligi shart.
2025 yil 7 may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Mazkur qaror Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilindi va 8 maydan kuchga kirdi.
Yangi tartibga ko‘ra, pullik tibbiy xizmatlar uchun belgilanadigan to‘lov miqdori shu muassasa tomonidan byudjet mablag‘lari hisobiga ko‘rsatilayotgan o‘xshash xizmatlar qiymatining 25 foizidan oshmasligi lozim. Ilgari bu chegara 20 foiz etib belgilangan edi. Demak, xizmatlar uchun ustama miqdori yana-da cheklandi.
O‘zgarish fuqarolarning tibbiy xizmatlardan adolatli va maqbul narxlarda foydalanishini taʼminlash maqsadida kiritilgan. Bu qaror davlat klinikalarida xususiy xizmatlar narxining keskin o‘sib ketishining oldini oladi.







