Jahon

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishi mumkin

Suriya AQShga resurslar evaziga sanksiyalarni bekor qilishni taklif qildi.

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishi mumkin

 

Ma'lum qilinishicha, Suriya hukumati AQShga tabiiy resurslardan foydalanishga oid kelishuv taklif etgan. Bu taklif Ukraina bilan tuzilgan shunga o‘xshash bitimga o‘xshash bo‘lib, uning evaziga Damashq AQShdan sanksiyalarni olib tashlashni so‘ramoqda.

 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyaning vaqtinchalik prezidenti Ahmad ash-Shaara orqali yuborilgan taklifda, hatto Damashqda Tramp Tower qurilishi ehtimoli ham tilga olingan.

 

Xabarlarga ko‘ra, AQSh rasmiylari Donald Trampning Saudiya Arabistoniga safari doirasida ash-Shaara bilan uchrashuvni ko‘rib chiqqan, biroq 12-may kuni kechga yaqin bu uchrashuv bekor qilingani e’lon qilingan. Uchrashuvga AQSh Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard qarshi chiqqani aytilmoqda.

 

Tramp Saudiya Arabistoniga yo‘l olishidan avval Oq uyda o‘tkazilgan brifingda Suriyaga nisbatan sanksiyalar yumshatilishi mumkinligini istisno qilmagan.

 

"Biz bu borada qaror qabul qilishimiz kerak bo‘ladi. Suriyaga yangi imkoniyat berishni istaymiz, shu sababli sanksiyalarni bekor qilish ehtimoli mavjud", — degan AQSh prezidenti.

 

Uning aytishicha, sanksiyalarni yumshatish masalasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan ko‘tarilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishi mumkin | Zamon.uz