Jahon

Turkiyada parvoz qoidalari kuchaymoqda

Turkiyada samolyot to‘xtamasdan o‘rnidan turgan yo‘lovchilarga jarima solinadi.

Turkiyada parvoz qoidalari kuchaymoqda

 

Turkiya aviakompaniyalari, jumladan Turkish Airlines, endilikda samolyot hali to‘liq to‘xtamasdan o‘z o‘rnidan turgan va yuk javonlarini ochishga uringan yo‘lovchilarga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llaydi.

 

Turkiya Fuqarolik aviatsiyasi bosh boshqarmasi tomonidan chiqarilgan yangi nizomga muvofiq, “Xavfsizlik kamari taqing” belgisi o‘chmasidan o‘rnidan turgan yo‘lovchilar jarimaga tortiladi. Turkish Airlines ushbu tartibni amaliyotga joriy etgan ilk kompaniya sifatida e’tirof etilmoqda.

 

Aviakompaniya bort kuzatuvchilariga — ya’ni styuardessa va boshqa ekipaj a’zolariga — yangi qoidalar haqida yo‘lovchilarni ogohlantirish topshirilgan. Bort xodimlari qoidabuzarlik holatlarini qayd etib boradi va tegishli rasmiylarga yetkazadi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, samolyot yerga qo‘ngach, faqat “xayrlashuv e’loni” yangraganidan va xavfsizlik chiroqlari o‘chgachgina o‘rindan turishga ruxsat etiladi. Aks holda, yo‘lovchi “aviadeboshir”(bezori) deb baholanadi va ma’muriy jazoga tortiladi. Hozircha jarima miqdori aniq belgilanmagan.

 

Turkish Airlines vakili Akdeniz Gerek nashriga bergan bayonotida, bu o‘zgarishlar faqat tartib uchun emas, balki yo‘lovchilar va ekipaj xavfsizligini oshirishga qaratilganini ta’kidladi. Avvallari, samolyot harakatda bo‘lgan paytda turib ketgan yo‘lovchilar va ochilgan bagaj javonlari sababli bir nechta jarohatlar qayd etilgan.

 

“Biz bu kabi xavf-xatarlarni imkon qadar kamaytirmoqchimiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Turkiyada parvoz qoidalari kuchaymoqda | Zamon.uz