Jahon

AQSh vakillari Istanbulda bo'ladigan muzokaralarga tayyorlanmoqda

Marko Rubio va Trampning vakillari 16-may kuni Istanbulga boradi.

AQSh vakillari Istanbulda bo'ladigan muzokaralarga tayyorlanmoqda

 

AQSh davlat kotibi Marko Rubio va prezident Donald Trampning maxsus vakillari Stiv Uitkof hamda Kit Kellog 16-may kuni Istanbulga tashrif buyuradi. Bu haqda Reuters muxbiri Fil Styuart xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, Uitkoff bu haqda Doxada jurnalistlarga ma’lum qilgan.

 

Uitkoffning aytishicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putinning muzokaralarda ishtirok etishidan xabardor emas. Shu bilan birga, avvalroq Rossiya va Ukraina 15-may kuni Turkiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni boshlashi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu taklif Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan ilgari surilgan, ammo uchrashuv qanday shaklda o‘tishi hali aniq emas.

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa, 15-may kuni Turkiyada Putin bilan yuzma-yuz uchrashishga tayyorligini bildirgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, kutilayotgan muzokaralarda AQSh delegatsiyasini yuqori martabali rasmiylar — Marko Rubio, Stiv Uitkof va Kit Kellog vakillik qiladi. Bu tashrif, muzokaralarning xalqaro miqyosda qanchalik muhim ekanini ko‘rsatmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh vakillari Istanbulda bo'ladigan muzokaralarga tayyorlanmoqda | Zamon.uz