Buyuk Britaniyada sud xatosi tuzatildi
38 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz ekanligi isbotlandi.

Buyuk Britaniya apellyatsiya sudi 38 yil qamoqda o'tirgan erkakka nisbatan qotillik ayblovlarini bekor qildi. Bu mamlakat tarixidagi eng uzoq davom etgan sud xatosi hisoblanadi.
1987-yilda Angliyaning shimoli-g‘arbiy hududida sodir etilgan qotillik ishi bo‘yicha aybdor deb topilgan Sullivan o‘shandan beri o‘z aybsizligini ta’kidlab kelgan. Uning advokatlari yillar davomida sud qarorini qayta ko‘rib chiqishga uringan, biroq har ikki urinishi ham muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi.
Biroq yaqinda Jinoyat ishlarini qayta ko‘rib chiqish komissiyasi (CCRC) tomonidan tayinlangan yangi DNK ekspertizasi haqiqatni ochdi. Tahlillar Sullivanning DNKsi jinoyat joyidan topilgan izlar bilan mos kelmasligini ko‘rsatdi. Namunalardagi izlar noma’lum boshqa bir shaxsga tegishli bo‘lib chiqqan.
Endi Sallivan qamoqdan ozod bo'lishga tayyorlanmoqda.







