Tojikistonda “layk” uchun jazolash tartibi bekor qilindi
Emomali Rahmon “layk” uchun jinoiy javobgarlikni bekor qiluvchi qonunni imzoladi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2025-yil 14-may kuni “Tojikiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Mazkur hujjatga ko‘ra, endilikda ijtimoiy tarmoqlarda “layk” bosish yoki shu kabi belgilar orqali munosabat bildirganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.
2018-yildan beri amalda bo‘lgan tartibga binoan, ekstremist deb topilgan manbalarning materiallarini yoqlab “layk” bosish yoki ulashish terrorizmni qo‘llab-quvvatlash sifatida talqin qilinar, va bu holat uchun fuqarolar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin edi. Rasman ma’lum qilinishicha, ushbu norma asosida 1500 dan ortiq kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Yangi qonun bu kabi holatlarga nisbatan jazo choralarini yumshatadi. Biroq, ekstremistik tashkilot deb topilgan manbalar tomonidan tarqatilgan kontentga “layk” bosish yoki uni ulashish holatlari hali hamon jinoyat sifatida baholanadi. Shunday ekan, yangi o‘zgarish umumiy yumshatish bo‘lsa-da, xavfli kontent bilan bog‘liq ehtiyot choralari saqlanib qolmoqda.







